Agar oyoqlar juda ko‘p terlayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Keling, nozik muammo haqida gaplashamiz — oyoqlarning doimiy yoqimsiz hidi va kuchli terlashi. Juda ko‘p odamlar ushbu belgilar sababli noqulaylikni boshdan kechiradi.
Bunday odamlar do‘stlarinikiga mehmonga borishdan, oyoq kiyimini yechish kerak bo‘ladigan barcha vaziyatlardan voz kechishga majbur bo‘lishadi: chunki yonidagilar hidni sezib qolishidan va noqulay holatga tushib qolishdan qo‘rqishadi.
Bu esa o‘ziga bo‘lgan ishonchga va umuman hayot sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday holatga yaqinlarimiz ham tushib qolishi mumkin: bu muammo erkaklarga ham, ayollarga ham, bolalarga ham (ayniqsa o‘smirlarga) ta’sir qilishi mumkin.
Oyoqlarning kuchli terlashi sababi nima va buning bilan qanday kurashish mumkin? Giperhidroz (hyperhidrosis) — ter bezlarining ortiqcha faoliyati natijasida yuzaga keladigan haddan tashqari terlash, ya’ni bu, aksariyat odamlar uchun normal terlashni keltirib chiqaradigan vaziyat yoki stimulga kuchaygan javob reaksiyasidir. Birlamchi mahalliy giperhidroz — insonning tug‘ma xususiyatlari bilan bog‘liq mustaqil sindromdir. Birlamchi giperhidrozda tananing ma’lum qismlarida ter bezlari soni va ularning faoliyati odatdagidan ancha ko‘p bo‘ladi.
Ikkilamchi giperhidroz patologik holatlar, somatik kasalliklar yoki endokrin tizimning buzilishlar natijasida yuzaga keladi. Oyoqlarning kuchli terlashi eng ko‘p yoshga oid gormonal o‘zgarishlar davrida kuzatiladi (o‘smirlik davri, klimakterik davr). Shuningdek, terlashning intensivligi tana va atrof-muhit harorati oshganda, jismoniy faollik paytida, ko‘p miqdorda suyuqlik ichilganda va havo namligi yuqori bo‘lganda ortadi.
Bundan tashqari, kuchli terlash kuchli psixo-emotsional zo‘riqish paytida ham namoyon bo‘ladi — qo‘rqinch, g‘azab yoki kuchli og‘riq paytida.
Mahalliy giperhidroz — terlash tizimi funksiyasining buzilishi bo‘lib, bunda tananing ma’lum qismlarida (qo'ltiq osti bo‘shliqlari, yuz, qo‘lpanjalar, oyoq panjalar) ortiqcha miqdorda ter ishlab chiqariladi. Eng ko‘p uchraydiganlari qo‘lpanja, oyoq va qo'ltiq osti giperhidrozidir. Ushbu holatga Xalqaro kasalliklar tasnifi (IKD-10) bo‘yicha R61.0 — Mahalliy giperhidroz kodi berilgan.
Plantar (oyoq) giperhidroz Plantar (oyoq) giperhidroz yuqori yoki past atrof-muhit haroratida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Oyoqlarda ortiqcha terlash uzoq masofadan seziladigan yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga olib keladi va zamburug‘li infektsiya yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oyoqlardagi giperhidroz paytida yoqimsiz hidga Staphylococcus va Corynebacterium (korinebakteriyalar) kabi bakteriyalar sabab bo‘ladi, ular ter tarkibidagi moddalarni (yog‘lar, oqsillar, keratin) parchalaydi va havo orqali tarqaladigan hidli moddalarga aylantiradi. Shuningdek, namlik tufayli ideal muhit yaratiladi va xamirturushga o‘xshash zamburug‘lar ham rivojlanadi. Eng ko‘p uchraydiganlari — Corynebacterium, Staphylococcus epidermidis kabi bakteriyalar, va Candida turkumiga kiruvchi zamburug‘lardir. Oyoqlarda ortiqcha terlash tufayli terining namligi yuqori bo‘lishi teri yuzasidagi qobiq hujayralari (keratinotsitlar)ning parchalanishiga yordam beradi. Bu ham yoqimsiz hidning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Giperhidrozni qanday to‘g‘ri davolash kerak? Kosmetologiyada davolash uchun ko‘rsatma — bu mahalliy idiopatik giperhidroz (qo'ltiq osti, qo‘lpanja, oyoq panjasi).
Davolashning konservativ va jarrohlik usullari mavjud. Jarrohlik usullariga faqat mahalliy davolash kerakli natija bermaganda murojaat qilinadi. Bunday holatda mutaxassislarga murojaat qilish zarur.
Ortib ketgan terlashni davolashning dastlabki choralari sifatida dermatologlar antiperspirantlarni qo‘llashni tavsiya qiladi, ularning faol moddasi alyumoxloridlar (15%) yoki alyumoxloridgeksogidrat (20%), yoki formagel (3,7% formaldegid) bo‘lishi kerak.
Oyoqlardagi terlashni kamaytirish uchun qaysi vositani tanlash kerak? Sizning e’tiboringizga PEDIBAEHR brendining oyoqlarni ortiqcha terlashdan saqlash uchun mo‘ljallangan parvarish vositalari seriyasini taqdim etamiz.
Agar giperhidrozning asosiy belgilarini — oyoqlarning kuchli terlashi va yoqimsiz hidni, ba’zan uzoqdan seziladigan holatlarni hisobga olsak, PEDIBAEHR brendining Farnesol bilan deo-balsami va Farnesol bilan spreyi aynan shu ikkita belgiga ta’sir qiladi.
Bir tomondan, deo-balsam va spreyning faol moddasi farnesol yoqimsiz hidning sabablarini samarali yo‘q qiladi. Farnesol — o‘simliklarning efir moylarida uchraydigan tabiiy seskviterpen spirt. Farnesol birinchi marta aniqlangan essensiya manbai Farnes akatsiyasi gullari bo‘lib, shundan uning nomi kelib chiqqan. Farnesol terning tarkibidagi moddalarni parchalaydigan va natijada yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan mikroorganizmlarning faoliyatini bloklaydi. Antibakterial vosita sifatida farnesol bir qator dermatologik preparatlarda ishlatiladi: yallig‘lanishga qarshi malhamlar, terini tozalovchi losonlar va boshqalarda. “Yevropa Ittifoqi Kosmetik Direktivasi” va “Xalqaro saraton tadqiqot agentligi” hujjatlarida farnesol tashqi qo‘llashda inson salomatligi uchun toksik bo‘lmagan va xavfsiz moddalar kategoriyasiga kiradi
Ikkinchi tomondan, alyuminiy xlorgidrat ter ishlab chiqarishni kamaytiradi. Bu qanday sodir bo‘ladi? Alyuminiy tuzlari ter tarkibidagi elektrolitlar bilan reaksiyaga kiradi va ter bezini tiqib qo‘yadigan gel shaklidagi modda hosil qiladi. Ushbu tiqilish teri tabiiy yangilanish jarayoni bilan hujayralar bilan birga tushib ketguncha (taxminan 2–3 hafta) o‘z o‘rnida qoladi. Ushbu tiqilish ter yuzasiga ter chiqishini jismonan bloklaydi, shunday qilib bakteriyalarning ko‘payishini (yoqimsiz hidning asosiy sababini) to‘xtatadi va terining namligini sezilarli darajada kamaytiradi. Oddiy dezodorantlardan farqli o‘laroq, alyuminiy xlorgidrat faqat hidni yashirmaydi, balki terlash jarayoni o‘zini nazorat qiladi.
Kunlik muntazam qo‘llashda ter bezlarining 60–80% i bloklangan holatda bo‘ladi. Alyuminiy tuzlarini o‘z ichiga olgan antiperspirantlarning (masalan, PEDIBAEHR Farnesol bilan deo-balsam va PEDIBAEHR Farnesol bilan spreyi) samarasi to‘planma ta’sirga ega, ya’ni eng yuqori effekt muntazam qo‘llashning ikkinchi haftasida kuzatiladi.
Agar vositani birdan to‘xtatsangiz, uning ta’siri asta-sekin tugaydi (hosil bo‘lgan tiqilishlar eritilib ketishi bilan). Hozirgi kunda alyuminiy tuzlari bilan ta’sir samaradorligi bo‘yicha teng keladigan boshqa antiperspirantlar mavjud emas.
Shuning uchun alyuminiy xlorgidrat nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham dermatologiya va kosmetologiya klinik protokollariga va giperhidrozni davolash standartlariga kiritilgan.
Ushbu vositalar haqida batafsil ma’lumot olish va PEDIBAEHR brendining boshqa mahsulotlari bilan tanishish uchun bizning katalogimizga murojaat qilishingiz mumkin.
70 yildan ortiq vaqt davomida PEDIBAEHR (BAEHR kompaniyasining oyoqlarni parvarishlash brendi) sizning sog‘ligingiz va qulayligingiz uchun individual, innovatsion va yuqori sifatli oyoqlarni parvarishlash mahsulotlarini taqdim etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi, 2025 yil, «Giperhidroz (ortiqcha terlash)» nosologiyasi bo‘yicha milliy klinik diagnostika va davolash protokollari.